Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning ishchi-xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid MUROJAATI

Hurmatli instituti xodimlari hamda aziz talaba-yoshlar!

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib kelmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, "O‘zbekiston — 2030" strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish alohida maqsad sifatida belgilab berilgan. Masalan, 89-maqsadda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirish vazifalari belgilangan.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali vositasiga aylandi. Raqamli texnologiyalar korrupsiyani kamaytirish va uni oldini olish va davlat xizmatlarini shaffof tarzda ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Ta’lim tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali vosita sifatida "Raqamli universitet" loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Mazkur axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarining administrativ, akademik, ilmiy va moliyaviy faoliyatlarini avtomatlashtirish, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, monitoringini olib borish va boshqarish, masofadan onlayn o‘qish ta’lim xizmatlarini tashkil etish hamda vazirlik axborot tizimi bilan axborot almashish vazifasini bajaradi. Bu orqali pora berish yoki turli tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarning oldi olinmoqda.

Korrupsiyaning ta’lim sohasidagi zarari juda katta. U ta’lim darajasini pasaytiradi, bilimsiz va tajribasiz kadrlar yetishib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar orasida davlat boshqaruviga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Mana shu sababli, barchamiz birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashishimiz zarur.

Hurmatli ustozlar va talaba-yoshlar!

Institut mavqeyiga dog` tushurmaslikka, ta`magirlik, firibgarlik va g`ayriqonuniy munosabatda bo`lmaslikka, aksincha davlat va jamiyat manfaatlarini ustun qo`yib, oliy ta`limda “Korrupsiyasiz soha” harakatida ishtirok etish, o`zingiz va ish joyingiz nufuziga putur yetkazishi mumkin bo`lgan boshqa harakatlardan o`zingizni tiyish va ijro intizomini buzamaslikka rioya qiling. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulligimizni his etsak, kelajakda yetuk va bilimli kadrlar yetishib chiqadi va ular davlat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadilar.

Yurtimiz kelajagi sizlarning halollik va mas’uliyatli faoliyatingizga bog‘liq!

Hurmat bilan, 

B. Usmonov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori