Ijtimoiy tarmoqlar

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 2023/2024-o‘quv yilidan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni natijalari

2023-yilning 11-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2023/2024-o‘quv yilidan o‘qish istagini bildirgan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘z sohalariga mos (Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi, Texnologik mashinalar va jihozlar, Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi, Menejment, Kimyoviy texnologiya) bakalavriat yo‘nalishlariga imtixonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat asosida qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat komissiyasi 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tashkil etildi va uning tarkibiga kadrlarning asosiy ish beruvchilari boʻlgan“O’zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Angren texnologiya texnikumining tegishli soha boʻyicha professor-oʻqituvchilari kiritildi.

Suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkazildi va jarayon ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyida onlayn translyatsiya qilib borildi.

Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittirildi.

O‘tkazilgan suhbat natijalari bilan quyida havolada tanishishingiz mumkin: https://tkti.uz/uz/qabul/texnikum-bitiruvchilarini-qabul-qilish

📌Eslatib o‘tamiz,

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga asosan 67 va undan yuqori ball to’plagan talabgorlar suhbatdan o’tgan hisoblanadi.

Belgilangan muddatlarda suhbatga kelmagan bitiruvchilarga shu o‘quv yili uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilinmaydi.

Bitiruvchi uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) suhbatda ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, suhbat o‘tkazilgan sanadan uch kundan kechikmay oliy ta’lim muassasasida tuzilgan qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim. Mazkur toifadagi bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir hafta muddat ichida qo‘shimcha suhbat o‘tkaziladi.