Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, prorektorlar, dekanlar, dekan o'rinbosarlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

 Yig'ilishda o'tgan o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko'rib chiqildi. Dastavval institut O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarovning 2022/2023-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar, kelgusida rejalashtirilgan ishlar hamda 2023/2024 — o'quv yili uchun qabul natijalari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig'ilish davomida institut Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabovning o'tgan o'quv yilida amalga oshirgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Institut kengashi yig'ilishi davomida institut Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori B.B.Qodirovning o'tgan o'quv yilida amalga oshirgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Z.A.Babaxanova ham o'tgan o'quv yilida amalga oshirgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Yig'ilish davomida institutimizning Inson resurslarini rivojlantirish bo'limi boshlig'i S.Sattorov O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar, mehnat shartnomasi, institutning iqtisodiy faoliyati, mehnatga haq to'lash va boshqa masalalar haqida tushuncha berdi. Ishtirokchilar mehnat qonunchiligiga doir o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.