Ijtimoiy tarmoqlar

Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida Yakuniy davlat attestatsiyasi bo'lib o'tmoqda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining 2023-yil 24-maydagi 4/366-sonli Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasining 5321300-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi kunduzgi boʻlim 4-bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida oʻquv rejasidagi barcha nazariy va amaliy kurslarni to‘liq hajmda o‘qib tugatgan talabalarni bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘yicha institut oʻquv ishlari prorektori, texnika fanlari doktori, professor T.T.Safarov va fakultet dekani texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.D.Vapayevlar tomonidan 2023 yil 23-martdagi institut rektorining 65-sonli buyrug‘i o’qib eshittirildi va unda keltirilgan DAK raisi va ekspert kengashi a’zolari tanishtirib o‘tildi. Shundan keyin DAK raisi tomonidan bitiruv malakaviy ishi himoyalariga ruxsat berildi va himoyalar boshlandi

.

Bugungi kungi bakalavriatura bosqichi talabalarining bajargan bitiruv malakaviy ishlari DAK raisi, muovini va a’zolari tomonidan yuqori saviyada ijobiy baholanib, himoya qilgan talabalarga “Neft va neft - gazni qayta ishlash texnologiyasi” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasi berilishi bo‘yicha o‘zlarining tavsiyalarini berdilar.