Ijtimoiy tarmoqlar

a "TALABALAR LIGASI” sport musobaqalari doirasida sportning mini futbol turidan musoboqa tashkil etildi

 2025-yil 8-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti tyutorlari U.Sh.Qurbonova, Z.N.Eshbo'riyeva, A.Z.Iskandarova, G.Boyqobilova hamda Talabalar kengashi raisi M.Abilqosimov birgalikda 9-aprel Sohibqiron Amir Temur bobomizning tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-bosqich talabalari oʻrtasida "TALABALAR LIGASI” sport musobaqalari doirasida sportning mini futbol turidan musoboqa tashkil etildi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda, talaba-yoshlar o'z jamoasi sha'nini himoya qilgan holda ajoyib o'yin namoyish etdilar.

Musobaqa natijalariga ko'ra:       

1-o'rinni 24-10 TMJ 

2-o'rinni 24-01 KM 

3-o'rinni 24-09 TMJ guruh talabalari qo'lga kiritdi.