Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar kengashi hamda Toshkent davlat transport universiteti badiiy rahbari Nazarova Mavjuda tashabbusi bilan ijodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Adabiyot ko‘prigi” mavzusida ma’rifatli va ilhomlantiruvchi tadbir tashkil etildi.
Mazkur kechada o‘zbek adabiyotining ikki buyuk namoyandasi – Maqsud Shayxzoda va Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodi chuqur tahlil qilindi. Har ikki oliygoh talabalari ushbu ulug‘ adiblarning adabiyotimizga qo‘shgan bebaho hissasi haqida fikr almashib, ijodiy merosini yanada yaxshiroq anglab yetishdi.
Tadbir davomida talabalar nafaqat bilim va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyidi, balki yangi do‘stlik va muloqot rishtalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi. “Adabiyot ko‘prigi” – bu nafaqat adabiy muloqot, balki fikr va tuyg‘ularni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik bo‘ldi.
Adabiyot – qalblarni bog‘lovchi ko‘prik!