"Adabiyot – xalqning yuragi" shiori ostida, ma’naviyat va ma’rifat uyg‘unlashgan go‘zal makon – Adiblar xiyoboni yana bir bor yoshlik, sport va ruhiy yuksalish timsoliga aylandi.
Adiblar xiyoboni maskanida Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirokida yurtimiz adabiyoti va ma’naviyatining yirik namoyandalaridan biri – Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va boy ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan "Ajdodlarni xotirlash – burchimizdir" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalarga Ibroyim Yusupovning hayoti, uning adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi, xalq qalbida qoldirgan o‘chmas izlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shoirning dilga yaqin, yuraklarni larzaga soluvchi she’rlari talaba yoshlar tomonidan o‘qildi, go'zal raqslar ijro etilib adabiy muhitga o‘zgacha ruh bag‘ishlandi.