Adiblar xiyoboni yoshlik va ma'naviyat maskani.
2025-yil 29-aprel kuni Adiblar xiyobonida "Adabiyot-xalqning yuragi" shiori ostida Qoraqalpig'iston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini chuqur o'rganish va targ'ib qilishga bag'ishlangan "Ajdodlarni xotirlash burchimizdir" nomli ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o‘rinbosari Sh.Begmatov, fakultet tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari iste'dodli va faol talabalar tomonidan Adibning she'rlari hamda qo'shiqlar ijro etildi.
Bugun poytaxtimiz markazida joylashgan go‘zal maskanlardan biri — Adiblar xiyobonida navbatdagi kitobxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlar, ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillarini bir joyga jamladi.
Tadbirning asosiy maqsadi – kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini yana bir bor yodga olishdan iborat edi.
Tadbir davomida Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o‘rinbosari Sh.Begmatov so‘zga chiqib, kitobxonlikning ahamiyati, ilm-fanning asosiy poydevori aynan mutolaadan boshlanishi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun turli adabiy viktorinalar, tezkor savol-javoblar tashkil etildi.