Ijtimoiy tarmoqlar

"Adiblar - xalqning yuragi”

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Menejment va professional taʼlim” fakulteti tomonidan Adiblar xiyobonida oʻzbek va qoraqalpoq xalqining sevikli shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Bexzod Poyanov ochib berib, adibning hayoti va ijodiga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng talaba yoshlar tomonidan tayyorlab kelingan badiiy qismga navbat berildi. unda adib sheʼrlari asosida yaratilgan qoʻshiqlar, qoraqalpoq xalq raqslari, adibning sheʼrlari tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga havola etildi.