Ijtimoiy tarmoqlar

Adiblar xiyoboni yoshlik, sport va  ma'naviyat maskani.

Kuni kecha Adiblar hiyobonida "Adabiyot-xalqning yuragi" shiori ostida Qoraqalpig'iston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini chuqur o'rganish va targ'ib qilishga bag'ishlangan "Ajdodlarni xotirlash burchimizdir" nomli ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'sul xodimi A.R.Darobov, Yoshlar bilan ishlash , ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi U.A. Hamzayev, Kimyoviy injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N. Sh. Zulyarova, fakultet tyutorlari hamda fakultetning talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari iste'dodli va faol talabalar tomonidan Adibning she'rlari hamda qo'shiq va raqslar ijro etildi. 

Adiblar xiyoboni yoshlik, sport va ma'naviyat maskani.

So'ngra tadbirning ikkinchi qismiga o'tilib, talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun milliy sport o'yinlaridan arqon tortish turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada:

1-o'rin- "Lochinlar" jamoasi

2-o'rin-"Ibroyim Yusupov avlodlari"

3-o'rin -"Temuriylar" jamoalari egalashdi.

Bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi talaba yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi hamda ajdodlarimizning ijodiga qiziqishlarini oshishiga, ularda vatanparvarlikning yuksalishiga xizmat qiladi.