Bugun Adiblar xiyobonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Jumladan tadbirda Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultetining Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi, Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari kafedrasi, Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi kafedrasi, Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi, Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi hamda Asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda ishtirok etgan professor-o'qituvchilar o'zaro suhbatda Toshkent shahrida 2020-yilda qad rosdlagan adiblar xiyoboni chinakam ma'naviy ulashuvchi dargoh bo'libgina qolmasdan yoshlarni adabiyotga bo'lgan qiziqishini va yozuvchilarning hayotini chuqur o'rganishga chorlovchi bog' ekanligini ta'kidladilar. Yig'ilgan talabalar adiblarning ijod na'munalaridan xirgoya qilib yod oldilar.
Tadbir so'ngida yig'ilganlar 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan sharaf lentalarini faxr ila ko'ksiga taqib oldilar.