Bugun O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni betakror ijodkor, tarjimon, buyuk shaxs va mashhur adib Ibroyim Yusupov ijodi va hayot yo'lini yoshlar o'rtasida o'rganish va targ'ib qilish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari Nigora Zulyarova boshchiligida fakultet tyutorlari va talaba-yoshlari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar va ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Nigora Zulyarova ochib berdi. Talabalar tomonida Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi yod olindi, adib qalamiga mansub sherlar bilan yig'ilgan yoshlarni bahramand etdilar.
Talabalar ishtirokida bahru-bayt mushoiralar o‘tkazildi, she’riyatxonliklar va go'zal raqslar ijro etildi.