Ijtimoiy tarmoqlar

Adiblar xiyobonida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

Kuni kecha Adiblar hiyobonida "Adabiyot-xalqning yuragi" shiori ostida O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodini chuqur o'rganish va targ'ib qilishga bag'ishlangan ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Sanoat muhandisligi va menejment fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.Sh.Poyonov, fakultet tyutorlari hamda fakultetning talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari iste'dodli va faol talabalar tomonidan Adibning she'rlari hamda qo'shiq va raqslar ijro etildi.

Tadbirning ikkinchi qismiga o'tilib, talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun milliy sport o'yinlaridan arqon tortish va shaxmat bo'yicha musobaqa tashkil etildi va g'oliblar taqdirlandi.

Tadbirdan so'ng 24-41 EKO guruh talabasi Nizomova Gulmiraxon Zokir qizi tomonidan chizilgan Ibroyim Yusupov portreti institutda tashkil etilgan Ibroyim Yusupov muzeyiga taqdim etildi.