2024-yil 23-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni institut rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berdi. Hech kimga sir emaski, ilm-ma’rifat, ma’naviyat yo‘lini tutgan odam saodatga erishadi, hayotning mohiyatini anglab boradi. Adabiyot esa har bir xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi ta’sir kuchiga ega muhim vositadir. Unda har bitta millatning madaniyati, urf-odati, dunyoqarashi, ma’naviyati aks etadi. Demak, adabiyot yashasa millat yashaydi, uning sha’ni ulug‘lanadi, qadriyatlari qadr topadi.
Talabalar ishtirokida bahri-bayt mushoiralar o‘tkazilib, adib qalamiga mansub she’rlar yod olindi.
Ibroyim Yusupov haykali atrofi uning qalamiga mansub she'rlar hamda ijod namunalarini o'zida mujassam etgan kitoblar, Qoraqalpoq hamda O'zbek milliy taomlari va pishiriqlari, O'tov va boshqa milliyligimizni aks ettiruvchi rekvizitlar, qo'l mehnati bilan chizilgan badiiy asarlar bilan boyitildi.
Haykal atrofida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "QALQON" jamoatchilik guruhi saf tortdi.
Adiblar xiyobonida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy tadbirda xalqaro mehmonlar ham ishtirok etishdi. Jumladan Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ruminiya, Morokko, Iroq, Ukraina, Bangladesh, Vetnam hamda Rossiya kabi xorijiy davlatlarning ilmy-fan vakillari ishtirok etishdi.
Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligiga start berildi.
Tadbir davomida institut jamoasi va talabalar ishtirokida kuy-qo'shiqlar, raqslar ijro etildi.
Tadbir davomida sport musobaqalari, jangovar sahna ko'rinishlar, shaxmat-shashka hamda zakovat intellektual o'yinlari bo'lib o'tdi.