Ijtimoiy tarmoqlar

Adiblar xiyoboni yoshlik, sport va ma'naviyat maskani.

 Adiblar xiyoboni yoshlik, sport va ma'naviyat maskani.

2025-yil 15-aprel kuni Adiblar xiyobonida "Adabiyot-xalqning yuragi" shiori ostida Qoraqalpig'iston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini chuqur o'rganish va targ'ib qilishga bag'ishlangan "Ajdodlarni xotirlash burchimizdir" nomli ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Neft va gaz texnologiyalari fakulteti YBIB dekan o'rinbosari J.T.Sidikov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari iste'dodli va faol talabalar tomonidan Adibning she'rlari hamda qo'shiq va raqslar ijro etildi.

 So'ngra tadbirning ikkinchi qismiga o'tilib, talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun sport o'yinlaridan voleybol, badminton va shaxmat bo'yicha musobaqa tashkil etildi va g'oliblar taqdirlandi.