Ijtimoiy tarmoqlar

Adiblar xiyobonida “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Bugun Adiblar xiyobonida, atoqli adib Ibroyim Yusupov haykali poyida “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Adiblar xiyobonida “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi 

Bugun Adiblar xiyobonida, atoqli adib Ibroyim Yusupov haykali poyida “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti boshlig‘i R.G‘oziyev, Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.E.Kenjayev, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Sh.Poyonov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Tadbirni birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berib, ona tilimiz — davlat tiliga aylangan kunning tarixiy ahamiyati, tilimizni asrab-avaylash yo‘lida ajdodlarimiz orzulari va bugungi yoshlarga yuklangan mas’uliyat haqida chuqur ma’naviy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida ona tilining betakror go‘zalligi, milliy ruhimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, iste’dodli talabalar tomonidan ona tiliga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va she’rlar taqdim etildi.

Tadbir talaba-yoshlarda milliy qadriyatlarga, xususan ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirdi hamda ularning qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.