Ijtimoiy tarmoqlar

Adib xotirasiga hurmat – yoshlarga ma'naviyat sabog‘i

 Adib xotirasiga hurmat – yoshlarga ma'naviyat sabog‘i

Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Qahramoni, atoqli yozuvchi va shoir Ibroyim Yusupov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida mashhur ijodkorning sermazmun hayoti va boy ijodiy merosi yodga olindi. Kechada raqslardan iborat sahna chiqishlari, kuy va qo‘shiqlar, shuningdek, Ibroyim Yusupovning eng sara she’rlari talabalar tomonidan ifodali tarzda ijro etildi. 

Ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining talabalari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. 

Tadbirda so'z olganlar ikki elning suyukli adibi bo'lmish Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodiga to'xtalib o'tib, uning she'rlari nafaqat bizning tilda balki qozoq, ukrain, belorus, gruzin, latısh, bolgar tillariga ham tarjima qilinib suyib mutolaa qilinganini ta'kidlashdi.