Ijtimoiy tarmoqlar

Akademik halollikni mustahkamlash yo‘lida yangi imkoniyatlar

 Akademik halollikni mustahkamlash yo‘lida yangi imkoniyatlar

2025-yil 27-noyabr kuni institutning Xalqaro aloqalar zalida ilmiy-pedagogik kadrlar, doktorantlar va tegishli bo‘lim xodimlari uchun “Antiplagiat – StrikePlagiarism.com” kompaniyasi tomonidan seminar-master klass o‘tkazildi.

Tadbirda kompaniya ijrochi direktori Ali Tahmazov tomonidan “Ta’lim muassasalari va nashriyotlar uchun plagiatni hamda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentni aniqlashning eng samarali yechimi” mavzusida taqdimot qilindi.

Taqdimot davomida Ali Tahmazov StrikePlagiarism.com tizimi ilmiy va akademik ishlarda plagiatni oldini olish, asl nusxani ta’minlash hamda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan matnlarni aniqlashda zamonaviy va ishonchli yechimlar taqdim etishini ta’kidladi. 

Unga ko‘ra, tizimning AI aniqlash moduli dunyodagi eng samarali modullardan biri bo‘lib, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan matnlarni 98% aniqlik bilan aniqlash imkonini beradi. 

Shuningdek, tizimning ko‘p funksionalligi – matn manipulyatsiyalarini aniqlash, tarjima qilingan plagiatni topish va o‘xshashlik hisobotini shakllantirish kabi afzalliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kompaniya missiyasi haqida so‘z yuritar ekan, Ali Tahmazov:

“Xatoliklarni aniqlaymiz, yozuv sifatini oshiramiz va eng yaxshi vositalar bilan professional fikr-mulohaza beramiz. Akademik halollikni qo‘llab-quvvatlaymiz”, – deya alohida ta’kidladi.

Seminar-master klass davomida ishtirokchilarga akademik halollikni ta’minlashda antiplagiat tizimlarining o‘rni, xususan StrikePlagiarism tizimining afzalliklari, imkoniyatlari hamda o‘quv jarayonida va ilmiy faoliyatda qo‘llash mexanizmlari misollar asosida tushuntirib berildi. 

Tadbir yakunida Ali Tahmazov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.