Toshkent kimyo-texnologiyalari institutida faoliyat yuritib kelayotgan kimyo fanlari doktori, akademik G`affor Rahmonberdiyev hamda kimyo fanlari doktori Arslonnazar Xusenov ishtirokida joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida hamda Guliston shahridagi Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalaridagi kimyo fanlariga qiziquvchi iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
14-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga kimyo fanlari doktori, Qozogʼiston va Nyu-York fanlar akademiyasining akademigi, Nobel medali sovrindori, professor Rahmonberdiyev G‘affor Rahmonberdiyevich tashrif buyurdi. Akademik filial direktori Z.T.Xakimov boshchiligida OTM faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar, o‘quv xonalari va zamonaviy kompyuter xonalari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng G‘.R.Rahmonberdiyev talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida akademik talabalarga o’zining ilmiy faoliyati va ish tajribasi haqida gapirib berdi. Shuningdek, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berib o’tildi.
Ma‘lumot uchun, akademik G‘.R.Rahmonberdiyev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. U Markaziy Osiyoda yagona boʼlgan “Tsellyuloza va yogʼochsozlik texnologiyasi” kafedrasiga asos solgan. Uning rahbarligida 10 ta fan doktori va 25 ta fan nomzodlari tayyorlangan.