2025-yilning 11-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig'i professor Z.Babaxanova Toshkent shahridagi Amity universitetida Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida va “Akademiyadagi ayollar va korporativ sohadagi ayollar” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida qatnashdi
Tadbir universitet direktori Shuxrat Sattorov va Dr. Naina Chaudhary tomonidan ochilib, InnovateHers Week, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan posterlar va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan fotosuratlar tanlovi namoyish etildi.
“Akademiyadagi ayollar va korporativ sohadagi ayollar” mavzusida davra suhbatida turli sohalardan muvaffaqiyatli mutaxassislar, jumladan Z.Ismailova (Respublika Qon quyish markazi), Z.Babaxanova (TKTI), D.Yuldasheva (EMU universiteti), A.Surkova (Women in TECH) va boshqalar ishtirok etib, ayollarning kasbiy o‘sishi va yetakchilik bo‘yicha fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.