2025-yil 18-aprelda “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish hamda yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan majlisning 20-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 25-aprel kuni V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik fakulteti tyutorlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.