Ijtimoiy tarmoqlar

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Buyuk ajdodlarga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Buyuk mutafakkir olim, siyosiy arbob, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 584 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. 

Bugun 2025-yil 9-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti fakultet dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.