Ijtimoiy tarmoqlar

Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi Toshkent kimyo-texnologiya institutida keng nishonlanmoqda

2025-yilning 8-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiy-millat g'ururi, adabiyot iftixori" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Unda Neft va gaz texnologiyasi fakulteti dekani L.A.Yusupova, dekan o'rinbosarlari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni institut fakultet dekani L.A.Yusupova kirish so'zi bilan ochib berdi va talabalarga A. Navoiy haqida maʼlumot berib, adib ijodidan parchalar oʻqib berdi.

Ijodiy kecha davomida ijodkor talabalarning she'r, kuy va qo'shiqlari tinglandi. Qiziqarli savol-javoblar bilan o'tkazilgan badiy dastur talabalarning ma'naviy dunyo qarashini boyitishga, A.Navoiy ijodiga hurmat ruhida ulg'ayishga hamda uning ijodini yanada mukammal o'rganishlariga ma'naviy kuch bag'ishladi.

Tadbir yakunida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiy-millat g'ururi, adabiyot iftixori" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar fakultet dekanining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.