Ijtimoiy tarmoqlar

Amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim: dual ta’lim amaliyoti “HEALTH LINE” korxonasida

 Amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim: dual ta’lim amaliyoti “HEALTH LINE” korxonasida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-yanvardagi qarori ijrosi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari amaliy ko‘nikmalarini bevosita ish joyida oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kimyoviy injiniring fakulteti “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar” kafedrasi 4-bosqich talabalari va kafedra o‘qituvchilari “HEALTH LINE” tibbiy buyumlar ishlab chiqarish qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:

Talabalar korxona faoliyati bilan tanishdi;

Korxona rahbariyati bilan davra suhbati tashkil etildi;

Talabalar uchun rezina-texnik buyumlar va yuqori molekulyar birikmalar texnologiyasi bo‘yicha bevosita korxonada dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi;

Texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq va noananaviy tarzda tashkil etilgan darslar talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otdi hamda ularning kelajakdagi professional faoliyati uchun muhim amaliy tajriba bo‘ldi.