ANGREN “BIRINCHI” REZINA TEXNIKA ZAVODIDA AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
Hozirda hukumatimizning tegishli qaror va farmonlarida oliy ta’limda mutaxassislik fanlari mashg‘ulotlarini ko‘proq ishlab chiqarishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, institutimizning “Kimyoviy injiniring” fakultetining “Rezina-texnik buyumlar kimyoviy texnologiyasi” yo‘nalishi bakalavr va magistrlariga dotsent Yuldashev Dikanbay Yangibayevich tomonidan Angren “Birinchi” rezina texnika zavodida “Shinalar ishlab chiqarish texnologiyasi” faniga oid korxonadagi dars tashkil etildi.
Korxonadagi mashg‘ulotni tashkil etish, texnologik jarayon bosqichlari bilan tanishtirishni “Xodimlarni tanlash va moslashtirish guruhi” rahbari Ismoilov Mansur Ravshan o‘g‘li amalga oshirdi.
Tashrif davomida Angren “Birinchi” rezina texnika zavodi ta’sischisi — “Tatneft” kompaniyasi “Ta’minotni boshqarish bo‘yicha” Bosh direktor o‘rinbosari Fedotov Evgeniy Gennadyevich kompaniyaning korxonadagi faoliyati, imkoniyatlari va istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, kafedramizning rezina texnik buyumlar texnologiyasi yo‘nalishi salohiyati va tarixini inobatga olib, kelgusida kafedrada “Birinchi” brendi ostida o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.