Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi Angren texnologiya texnikumi faoliyati bilan tanishish, ta'lim-fan va ishlab chiqarish o'rtasida integratsiyani jadallashtirish maqsadida intistitut o'quv ishlari bo'yicha prorektori T.T. Safarov, NMKT fakulteti dekani Sh.B. Buxorov, SMNKMT kafedrasi mudiri professor M.X. Aripova hamda kafedra doktoranti F.B. Erkinovlar Angren texnologiya texnikumiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida texnikum o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib soha bo'yicha ilmiy maslahatlar berildi. Texnikum birinchi kurs o'quvchilariga dual ta'lim tushunchasining mohiyati tushuntirilib, 10-15 talabadan iborat eksperimental dual ta'lim guruhi tuzish taklifi ma'qullandi. Bitiruvchi talabalarga esa ilmiy faoliyatni institutga kirish bilan davom ettrish yoki soha bo'yicha korxonalarga ishga joylashgan holda faoliyat bo'yicha maslahatlar berildi.
Shu bilan birga dual ta'lim dasturini samarali amalga oshirish maqsadida Angren shahrida yangidan barpo etilayotgan Angren kaolin boyitish korxonasi hamda texnikum o'rtasida o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolash bo'yicha muzokaralar olib borildi. Muzokarlar natijasiga ko'ra dual ta'lim dasturini tanlagan o'quvchilar texnikumda bilim olish bilan bir qatorda ushbu korxonada amaliy ko'nikmalarga ham ega bo'lishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari Angren erkin iqtidisodiy zonasida yangidan barpo etilayotgan boshqa bir necha korxonalar bilan ham shartnomalar imzolash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi. Dual ta'lim dasturi bitiruvchilari kelgusida o'zlari amaliyot o'tagan korxonada ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'ladi.