Ijtimoiy tarmoqlar

Bugundan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.

Jarayonda ota-onalar hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratish, ularga imtihonlarga oid yangiliklar, imtihon tartib qoidalari haqida yetarli tushunchalar berish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati va professor-oqituvchilaridan iborat "Volontyorlar guruhi" tashkil etildi.

Ushbu jarayonlar bilan tanishish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tashrif buyurdi.