Toshkent kimyo texnologiya instituti va Chirchiq oliy harbiy tank qomondonlik muhandislik bilim yurti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan shu yil 28-noyabr kuni Chirchiq oliy harbiy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida o‘tkazilgan “Mahalliy imkoniyatlar asosida qo‘shinlar ta’minotini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida institutimiz “Asosiy organik sintez texnologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda 4-bosqich 14-20 guruhining talabalari ishtirok etdilar.
Chirchiq oliy harbiy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtiga tashrif davomida institutimiz vakillari bilim yurti tabiiy-ilmiy fanlar o‘quv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdilar, tahsil olayotgan xorijiy kursantlar bilan fikrlar almashdilar va kichik mutaxassislar tayyorlash markazi tinglovchilari bilan uchrashdilar.
Bilim yurti muzeyi ekisponantlari, bilim yurtining 105-yillik tarixi bilan tanishdilar. Kafedralardagi o‘quv trenajor kompekslari yordamida o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar
Shuningdek 4-bosqich talabalari Nizomutdinov Zuxriddin, Muxammadaliyev Abbosali, Musoqoriev Mirg‘iyos lar, anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib anjuman yakunida taqdirlandilar.