Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy ta’lim muassalari talaba-yoshlarining ijodiy ishlari respublika ko‘rgazmasi tashkil etildi!

 Oliy ta’lim muassalari talaba-yoshlarining ijodiy ishlari respublika ko‘rgazmasi tashkil etildi!

Kuni kecha Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan to‘garaklarda tayyorlangan ishlanmalarning respublika ko‘rgazma-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutida faoliyat olib borayotgan to'garaklarda tayyorlangan ishlanmalar ham namoyish etildi.

  Ko‘rgazmani Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ushbu to‘garaklar talaba-yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga, shuningdek, o‘z iqtidorlarini namoyish qilishiga zamin yaratayotganini ta’kidladi. 

Ko‘rgazmada respublikamizning barcha hududlaridan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Xiyobonda nafaqat ijodiy ishlar ko‘rgazmasi, shu bilan birga sport o‘yinlari, karaoke ham tashkil etildi. Yakunda barcha ishtirokchi oliy ta’lim tashkilotlari markaz tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.