Ijtimoiy tarmoqlar

Ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stlik va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lida sport tadbiri o‘tkazildi.

 Ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stlik va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lida sport tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa ruhini mustahkamlash va mehnat faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida turli sport tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda

Xususan, Kimyoviy injiniring fakulteti ayol professor-o‘qituvchilari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha do‘stona musobaqa tashkil etildi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, ishtirokchilar orasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamladi.

Sport uchrashuvi davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy faolligi, chaqqonligi va bir-biriga bo‘lgan hurmat-e’tiborini namoyon etdilar. Musobaqa nafaqat sog‘lomlashtiruvchi, balki ijobiy hissiyotlarga boy muhitda o‘tdi va ishtirokchilar kun davomida ko‘tarinki ruhda bo‘lishdi.