Ijtimoiy tarmoqlar

“Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga tashrif

 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga tashrif

2025-yil 30-may kuni “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Parkent tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida institut direktori O. Parpiyev tomonidan anjuman shoʻbasi ochib berildi. Unda materialshunoslik sohasidagi ilmiy-amaliy ishlanmalar, xususan, katta quyosh pechi imkoniyatlari, ilg‘or texnik materiallar sintezi va ularning amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi.

Anjuman shoʻbasi doirasida ishtirokchilar institutning Geliokompleksi faoliyati bilan bevosita tanishdilar. Shu bilan birga, xorijiy professorlar ishtirokida xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari va istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot yo‘lida ilmiy salohiyatni birlashtirishga xizmat qiladi.