2024-yil 22-may kuni “Shisha, keramika va bog'lovchi materiallari ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” 3-xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik institutida konferensiya sessiyasi tashkil etildi. Materialshunoslik instituti 1993-yilda konsentrlangan quyosh nurlanishining moddalar bilan oʻzaro taʼsiri boʻyicha tadqiqotlarni faollashtirish va mahalliy xomashyo asosida ekstremal sharoitlarda ishlaydigan yangi ilgʻor materiallarni yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Anjumanning xorijlik ishtirokchilari va Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari noyob ilmiy inshoot – Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 1000 kVt quvvatga ega Katta Quyosh pechiga (KQP) tashrif buyurishdi. Ushbu noyob quyosh pechi geliostatik maydon va paraboloid kontsentratordan iborat avtomatik boshqaruv tizimiga ega murakkab optik-mexanik kompleks bo'lib, kontcentratorning (texnologik minora) fokusli zonasida yuqori zichlikdagi nurli statsionar oqim hosil qiladi. Geliostat maydonining aks ettiruvchi yuzasi 3022,5 m2, kontsentrator - 1840 m2. Natijada 3000 C gachan yuqori haroratlarda o'ta toza sharoitlarda yangi materiallar sintezini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Koreya, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Polsha va O‘zbekiston olimlari delegatsiyasini Materialshunoslik instituti direktori O.Parpiyev kutib oldi va yuqori hussiyatlarga ega bo'lgan texnik keramika ishlab chiqarish sohasidagi so‘nggi ilmiy ishlanmalar bilan tanishtirdi. Quyosh pechida sintez usullaridan foydalangan holda ishqakanish va issiqlikka chidamlilik; yuqori haroratli pishirish natijasida sintetik usulda olingan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar namunalari namoyish etildi; metall oksidlarining nanoqo'shimchalari bilan polimer materiallar olish usullari va Materialshunoslik instituti olimlarining boshqa ishlanmalari bilan yaqindan tanishildi.
Koreya, Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Polsha olimlari quyosh pechining noyob uskunalari va imkoniyatlaridan foydalangan holda yuqori sof, funksional, yuqori haroratli materiallarni sintez qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.
Shuningdek, anjuman doirasida 30 dan ortiq xorijlik mehmonlar O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, milliy an’ana va urf-odatlari, respublikamizning turistik diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Parkent ijod saroyi", “Kumushkon” dam olish maskani va Hazrati Ali majmuasiga tashriflar uyushtirildi.