Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Korxona va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.N.Shernayev, Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Y.L.Azimovna, Belarusiyaning Polotsk davlat universiteti kafedra mudirlari А.К.Генадьевич hamda Е.М.Васильевна ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya institutining hamda Polots davlat universitetining mavjud kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar o'rtasida tajriba almashinishi, stajirovka o'tashlarini tashkil qilish hamda magistratura bosqichida talaba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.