Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Belarussiya davlat texnologiya universiteti delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Usmonov Botir Shukurillaevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Zebo Babakhanova, Silikat materiallari, nodir va bobli metallar kafedrasi mudiri, Aripova Mastura Hikmatovna, kafedra doktoranti F.B.Erkinov hamda Belarussiya davlat texnologiya universiteti Ilmiy-tadqiqot bo'limi boshlig'i М.В.Дяденко va Noorganika fakultetining shisha va keramika kafedrasi professori И.А.Левицкий ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Belarussiya davlat texnologiya universiteti “Keramika mahsulotlari uchun biotsid sirli qoplamalarning tuzilishi va xususiyatlarini tartibga solishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” qo'shma tadqiqot loyihasi muhokama qilindi.