Ijtimoiy tarmoqlar

"Birga kitob o‘qiymiz" – ma'naviyat va ma’rifat sari!

Kimyoviy injiniring fakulteti dekan o‘rinbosari N.Sh. Zulyarova hamda fakultet tyutorlari boshchiligida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida "Ma’rifat darslari" doirasida "Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi" tamoyili asosida "Birga kitob o‘qiymiz" loyihasi tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida talabalar va tyutorlar o‘qigan kitoblari haqida va bu kitoblar ularning  ruhiy va intellektual olamiga qanday ta’sir qilgani, dunyoqarashlarini qay tarzda boyitgani, va hayotida qanday iz qoldirgani haqida fikr almashishdi. Kitob nafaqat inson tafakkurini o‘stiruvchi manba, balki yangi imkoniyatlar sari eshik ochuvchi ma’naviy yo‘lboshchi ekanligi ta’kidlandi.

📖 Tadbir davomida hafta davomida birgalikda o‘qish uchun tarix va milliy o'zlik haqida chuqur mushohada yuritishga undaydigan 

📖 Pirimqul Qodirovning "Avlodlar dovoni" asari tavsiya etildi.

Kitob – eng yaqin do‘st! Ma’naviyat va ma’rifat sari intilish yo‘lida bunday loyihalar muntazam davom etadi. Kelajakni o‘zgartirish o‘zimizni o‘zgartirishdan boshlanadi, o‘zimizni o‘zgartirish esa – kitob o‘qishdan!