"Birinchi kurs maktabi" Tanishuv haftaligi doirasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti tyutorlari 1-kurs talabalari bilan birgalikda "Tanishuv haftaligi" doirasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya qilishdi.
Ekskursiya davomida talabalar nafaqat O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga, balki muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi eksponatlari bilan ham tanishishga muyassar bo’ldilar.
Muzeyga kirishda qad ko‘targan, el yurtimizning sodiq farzandi timsolini aks ettirgan “Vatanga qasamyod” monumenti hech kimni befarq qoldirmadi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiyadan asosiy maqsad talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.