“Bir kun talaba bo‘ling” shiori ostida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Bir kun talaba bo‘ling” shiori ostida ota-onalar kongressi tashkil etildi.
Tadbirda fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari N.Sh. Zulyarova, Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Sh. Mengliyev, Organik sintez texnologiyasi kafedrasi dotsenti B. Xoliqulov, professor-o‘qituvchilar hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ota-onalar bilan ochiq muloqot tashkil qilinib, fakultetdagi ta’lim jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va talabalarning o‘quv jarayonidagi faol ishtiroki yuzasidan ma’lumot berildi.
Fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari N.Sh. Zulyarova ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, uni yangi bosqichga olib chiqish borasida takliflarni bildirdi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Sh. Mengliyev so‘zga chiqib, kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalarning amaliyot jarayonlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida keng ma’lumot berdi. U o‘z nutqida nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali ishlarni alohida ta’kidladi.
Shuningdek, Organik sintez texnologiyasi kafedrasi dotsenti B. Xoliqulov ota-onalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori,
2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori,
2025-yil 10-martdagi 149-son qarori (talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom) mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.
Kongress davomida ota-onalar institut faoliyati, ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, faoliyat olib borayotgan yetuk kimyogar olimlar, ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlarga bevosita guvoh bo‘lishdi.
Uchrashuv yakunida ota-onalar kengashi raisi etib Gulshanoy Umarova belgilandi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida bo‘lib o‘tgan “Bir kun talaba bo‘ling” shiori ostidagi ota-onalar kongressi so‘ngida namuna hulqi va yaxshi o‘zlashtirgan talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ushbu tashabbus ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasini qadrlash, talabalarning yutuqlarini e’tirof etish hamda ularni yanada rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirildi.
Tadbir yakunida ota-onalar institut ma’muriyati va professor-o‘qituvchilarga samimiy minnatdorlik izhor qilib, kelgusida hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirishdi.
Shuningdek tadbir so'ngida ota-onalar uchun kofe-brek tashkil etildi.