Ijtimoiy tarmoqlar

"Bitiruvchilar oqshomi – 2025" institutda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

 2025-yil 7-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida an’anaviy “Bitiruvchilar oqshomi” tantanasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori B.Sh.Usmonov, prorektorlar, fakultet dekanlari, hamkor tashkilotlar vakillari, bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Rektor B.Sh.Usmonov tadbirni ochib, bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirdi:

“Aziz bitiruvchilar! Bugun sizlar hayotingizdagi muhim bosqich — oliy ta’limdagi yo‘lingizni yakunlamoqdasiz. Sizlarning har biringiz institut faxrisiz. Yutuqlaringiz bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishingizga ishonamiz!”

Tadbir davomida san’atkorlarning chiqishlari, faxriy yorliqlar topshiruvi hamda diplom tantanalari bilan kecha unutilmas tus oldi.

 "Bitiruvchilar oqshomi – 2025" bayram tadbirida dastavval Toshkent kimyo-texnologiya institutini a’lo baholarga muvoffiqiyatli tamomlab, o‘zining yuksak bilim salohiyati, namunali intilishi hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘lganligi uchun 13 nafar bitiruvchiga rektorning faxriy yorlig'i hamda qizil diplom bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2021–2025-yillar davomida o‘quv va jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishib, o‘zining faol ishtiroki, tashabbuskorligi, namunali xulqi hamda institut hayotiga munosib hissa qo‘shgani uchun 4 nafar bitiruvchi rektor faxriy yorlig'i hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

"Bitiruvchilar oqshomi – 2025" bayram tadbirida institutni muvoffiqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ramziy diplomlar topshirildi.

 "Bitiruvchilar oqshomi – 2025" bayram tadbiridan esdalik foto-lavhalar.