Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalari uchun “Startap g‘oyadan texnologik biznes loyihagacha” tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda 8 ta OTMdan jamaolar ishtirok etdi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan 5 nafar talabalarimizdan iborat jamoa ishtirok etib ular, "TezTop" - sun’iy intellektga asoslangan, yaqin atrofdagi santexnik va usta kabi malakali hamda ishonchli mutaxassislarni topish va yollashni osonlashtiradigan ilova loyihasini taqdim etishdi.
Tadbirda ishtirokchilarning startap loyihalarini baholash uchun yetakchi biznes maslahatchilari va Oliy biznes maktabi professor-o‘qituvchilar ekspert sifatida ishtirok etdilar. Jamoamizning TezTop loyihasiga investorlar qiziqib o‘zaro hamkorlik qilishni va bu loyihaning kelajagi borligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.