Ijtimoiy tarmoqlar

Bo'lajak muhandis-texnologlarning kelajak sari ilk qadami

"Talabalik - oltin davrim" deya ta'riflanadi. Bejiz emaski, ushbu oltin davr mobaynida har bir yosh o'z bilim va ko'nikmalarini mukammal egallashadi hamda kelajak uchun o'zlariga poydevor yaratishadi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-2026 o'quv yili boshlanishiga bag'ishlangan «Vatan uchun, xalq uchun,millat uchun» shiori ostida barcha fakultetlarda «Mustaqillik darslari» yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetida ham "Birinchi kurs maktabi" tadbirlari doirasida Mustaqillik darslariga start berildi. Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani Anvar Normatov kirish so'zi bilan ochib berib, barcha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni muborakbod etib, kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlariga, mukammal muhandis-texnolog darajasi tomon ilk qadam tashlaganliklari haqida ta'kidlar, ularga kelajakdagi o'qishlariga va ishlariga omad tiladila