Talabalik - oltin davrim" deya ta'riflanadi. Bejiz emaski, ushbu oltin davr mobaynida har bir yosh o'z bilim va ko'nikmalarini mukammal egallashadi hamda kelajak uchun o'zlariga poydevor yaratishadi.
Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-2025 o'quv yili boshlanishiga bag'ishlangan "Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot bilimda" degan g'oya asosida barcha fakultetlarda mustaqillik darsi o'tildi.
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida ham "Birinchi kurs maktabi" tadbirlari doirasida Mustaqillik darslariga start berildi. Tadbirni Akademik faoliyat bo’yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich hamda Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich kirish so'zi bilan ochib berib, barcha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni muborakbod etib, kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlariga, mukammal muhandis-texnolog darajasi tomon ilk qadam tashlaganliklari haqida ta'kidlar, ularga kelajakdagi o'qishlariga va ishlariga omad tiladilar.
Tadbir davomida birinchi bosqich talabalari vazirlik hamda institut rahbariyati bilan tanishtirildi, ishtirokchilar o'quv jarayonlari, turar joy masalasi, to'lov-kontrakti hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Tadbir Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekani U.N.Baltabayev boshchiligida "Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot bilimda" mavzusidagi mustaqillik darslari bilan davom etdi.