Unda, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich, Silkat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi dotsenti Abduraxmonov Odil Eshmuxammadovich va ushbu kafedraning yosh olimlari ishtirok etdilar.
Xalqaro seminarda Koreyaning KITECH, KIRAM kompaniyalari vakillari hamda respublikamizning soha vakillari o'z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
Seminar yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Ilmiy ijodiy birlashma hamda Koreyaning "KIRAM" tashkiloti o'rtasida nodir va kamyob metallar kimyoviy texnologiyasi sohasida ilmiy hamkorlik o'rnatishga kelishib olindi.