Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalarinig bitiruvchi bosqich talabalari Krember qandolat fabrikasiga tashrif buyurishdi


Tashrif Akromov Azizjon Kabirovich – korxona direktori, Mirsamikov Baxrom Xamidullaevich - bosh energetik, Sadullaeva Nilufar Yuldashbaevna - HR menejer tomonidan mazmunli tanishtiruv ko‘rinishida boshlandi.

 


Korxona rahbari o‘z ish faoliyatini 14-yildan beri olib borishi davomida birinchi o‘rinda sifatga va yangi mahsulot turlarini kengaytirishga qaratishini aytib o‘tdi. Korxonani shaxsan direktorning o‘zlari institut jamoasiga tanishtirib bordilar. Talabalar korxonadagi barcha xom ashyodan tayyor mahsulot bo‘lishga qadar texnologik jarayonlari hamda xomashyo va mahsulotlarning sifati nazorati olib boriladigan labaratoriyalar bilan tanishdilar.



Korxona mutassadi xodimlari talabalarga o‘zlarida amaliyot o‘tash hamda mavjud ish o‘rinlarida ishlash taklifini berdilar.