Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutining Menejment va kasb ta'limi fakultetida Navroʻz — umumxalq bayrami munosabati bilan “Navroʻz sayli” bayram tadbiri tashkil etildi

Bugun “Menejment va kasb taʼlimi” fakultetida Navroʻz — umumxalq bayrami munosabati bilan “Navroʻz sayli” bayram tadbiri tashkil etildi. Unda fakultet kafedralari hamda talaba yoshlari tomonidan bahoriy dasturxonlar bezatildi. Akademik guruhlar hamda kafedralar oʻrtasida osh musobaqasi tashkil etildi. Bundan tashqari talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Osh musobaqasi institut rahbariyatidan tashkil topgan hakamlar hayʼati tomonidan baholandi. Bayram bahoriy koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.