Bundan asosiy maqsad talabalarning ota-onalarini ta'lim muassasasing infratuzilmasi va asosiy faoliyat yo'nalishlari bilan yaqindan tanishtirish.
Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, dekan o'rinbosarlari To'lqin Usmonov, fakultet tyutorlari ishtirok etishdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berdi va davlatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda talabalarga institut tarixi, institutning ichki va tashqi imkoniyatlari, institutda talabalarning oʻqishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.
Bundan tashqari institut tarixi, institutda faoliyat olib borayotgan yetuk kimyogar olimlar, professor-o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari To'lqin Usmonov institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalarning institut oldidagi majburiyatlari va oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan nizomlar hamda talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ'ib qilish va kutubxonalardan samarali foydanish masalalariga ham to'xtalib o'tildi, tashkil etilgan to'garaklar boʻyicha batafsil ma'lumotlar berdi.
Bundan tashqari institut talabalar turar joyida tapabalarning joylashish tartibi hamda ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga to'lanadigan ijara to'lovlarini qoplab berish tizimi bo'yicha tushuntirib berdi.