Ijtimoiy tarmoqlar

Bugundan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestridagi fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni topshirmoqda.

 Bugundan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestridagi fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni topshirmoqda.

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan Toshkent kimyo-texnologiya institutida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari tasdiqlangan. (https://t.me/tktiuz/38088)

Bunga ko'ra institutimizda yakuniy nazorat imtihonlari yangi tartibda mutlaqo shaffof hamda adolatli tarzda o'tkazilmoqda. Yakuniy nazorat imtihonlari manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishni nazarda tutgan holda Akademik faoliyat bo'yicha prorektor T.T.Safarov boshchiligida Akademik faoliyatni tashkil etish bo'limi, Ta’lim sifati nazorati bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘tkazilmoqda.