CAMP3 o'quv-treningining birinchi haftasi!
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan "ECAMPUZ – ERASMUS-EDU-2022-CBHE" loyihasi
Ishtirokchilar soni: 29 ta (O'zbekistondagi 5 OTMdan)
O'rganiladigan mavzular: Oziq-ovqat tahlili va ma'lumotlar fanlari
CAMP 3 o'tkazilish davri: 3-16 Aprel, 2025
Tashkil etuvchilar: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
CAMP oʻtkaziladigan joy: Urganch shahri, Oʻzbekiston
CAMP 3 o‘quv-treningining birinchi haftasida ishtirokchilar Asosiy Spektroskopiya, Tahlildagi sifat nazorati, Spektroskopik asoslar, IQ Spektroskopiya va shu kabi boshqa mavzularda ma’ruzalarni tinglashdi.
Ishtirokchilar sakkizta guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruh O‘zbekistonning turli OTMlaridan kelgan talabalarni o‘z ichiga oldi. Ma’ruzalar bilan bir qatorda, mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar oziq-ovqat mahsulotlarining noma’lum IQ spektrlari asosida ularni aniqlashga qaratilgan guruh mashqlarida ishtirok etishdi.
Yakshanba kuni esa CAMP 3 ishtirokchilari va ECAMPUZ loyihasi jamoasi qadimiy Xiva shahriga bir kunlik sayohat qilishdi. U yerda ular Xorazm viloyatining boy tarixi, madaniyati va mahalliy taomlari bilan tanishishdi.