Cho‘llanish va qurg‘oqchilik muammolari yuzasidan ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “17-iyun — Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan ekologik muammolarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.B. Qodirov, “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi mudiri F.B.Igitov, “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi professori X.L. Pulatov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a'zolari, vazirlik va idora vakillari, yetakchi ekolog olimlar, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida davlatimiz rahbarining 2019-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi xususida so‘z yuritildi.
Ma’ruzalar davomida ishtirokchilar fan, innovatsiya, yoshlar faolligi va xalqaro hamkorlikning ekologik muammolarga qarshi kurashishdagi o‘rni haqida bilim va tajribalar bilan o‘rtoqlashdi