“Davlat tili — millat iftixori” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi!
2025-yil 20-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Davlat tili — millat iftixori” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari K.D.Davlatov, G.N.Tavaldiyeva, B.R.Kadirova, R.U.Torejanova, A.A.Axmedova, G.U.Komilova, K.A.Ikromova, M.J.Raxmonova hamda 25-25, 25-31 va 25-80-guruhlar talabalari ishtirok etdilar.
Til – millatning ruhi, tarixi, madaniyati va o‘zligini ifoda etuvchi bebaho boylikdir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “Til – har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayotidir.”
Tadbir davomida “Tillar” kafedrasi dotsenti G.N.Tavaldiyeva o‘zbek tilining bugungi globallashuv davrida tutgan o‘rni, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sharoitida tilimizni rivojlantirishning dolzarb jihatlari haqida so‘z yuritdi. U o‘zbek tilining virtual makonda mustahkam o‘rin egallashi milliy xavfsizlik masalasi darajasida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tadbir yakunida Tillar kafedrasi mudiri K.D.Davlatov so‘zga chiqib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib, faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandilar.