Davlat attestatsiyasi imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasida 2024–2025 o‘quv yilida bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi 2025-yil 9–10 iyun kunlari ixtisoslik fanlaridan davlat imtihoni shaklida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-son buyrug‘i hamda institut kengashining 2024-yil 23-noyabrdagi 5-sonli qarori asosida tashkil etildi.
Davlat imtihonlari quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi:
60721100 (5321300) — Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi
60720900 — Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi
60721000 — Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
Davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibiga Enter Engineering Pte. LTD kompaniyasining neft-gazni qayta ishlash va gaz kimyosi analitiklari bo‘limi boshlig‘i, t.f.n., dotsent Kurbanov Abdujamil Abdullayevich rais sifatida, Toshkent davlat texnika universiteti Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi kafedrasi mudiri, t.f.f.d. Jurayev Vays Nazrullayevich rais o‘rinbosari sifatida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bo‘lim boshlig‘i, t.f.f.d. Yuldashev Narbek Xudaynazarovich, Umumiy va noorganik kimyo instituti ilmiy xodimi, PhD Ganiyeva Sayyora Xurshidovna va kafedra professor-o‘qituvchilari a’zo sifatida jalb etildi.
Imtihonlar ochiqlik va xolislik prinsiplariga amal qilingan holda, talabalarning bilimini to‘laqonli baholash asosida o‘tkazildi.